Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi bilan özaro hamkorlik


Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri

Özbekiston Respublikasi Soliq qömitasi Raisi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Strategiyaning maqsadi 2025–2027-yillar davomida “yashil” davlat xaridlarining ulushini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishda muhim bo‘lgan barqaror, keng raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat xaridlari siyosatini belgilashdan iborat.
2024–yilda Davlat–xususiy sheriklik sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar hamda 2025–yilgi rejalar toʻgʻrisida ma’lumot.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2025 — 2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori qabul qilindi.
2025-yilning 21-aprel kuni “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmoniga koʻra, quyidagilar 2025-yilda xususiylashtirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
(a) 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish va kamida 10 trillion so‘m tushumni ta’minlash;
(b) davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 115 ta jamiyat ustav kapitalidagi ulushlarni, 659 ta ko‘chmas mulk obyektini va 6,1 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish;
(v) dastlabki bosqichda kamida 30 ta foydali qazilma kon va uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga chiqarish.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi joriy narxlarda 1003,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 16,7% ga oshgan. Bozor xizmatlari o‘sishining asosiy omillari savdo, moliya va transport xizmatlari ishlab chiqarishning ko‘payishi bo‘ldi.
Bozor xizmatlarining umumiy o‘sishiga eng katta hissa savdo xizmatlari (o‘sish 17,4%, hissa 4,0 f.p.), moliyaviy xizmatlar (22,0%, 3,4 f.p.), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar (11,3%, 2,1 f.p.), transport xizmatlari (16,4%, 2,8 f.p.), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (21,4%, 1,6 f.p.), ta’lim sohasidagi xizmatlar (19,6%, 0,7 f.p.), boshqa xizmatlar (13,1%, 0,7 f.p.), shuningdek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (15,3%, 0,4 f.p.), arxitektura, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (24,2%, 0,3 f.p.) va individual xizmatlar (14,4%, 0,3 f.p.) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash xizmatlari (14,2%), kompyuter va maishiy buyumlarni ta’mirlash xizmatlari (11,1%) va ijara xizmatlari (9,5%) sohasida qo‘shimcha ijobiy hissa qayd etilib, ular birgalikda umumiy o‘sishni 0,4% ga oshirdi.
2026-yilning ko‘rib chiqilayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 567476,3 mlrd so‘mni yoki umumiy bozor xizmatlari hajmining 56,6% ini tashkil etdi. 2025-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan real o‘sish sur’ati 117,4 foizni tashkil etdi.
2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 163,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,0% ga oshgan. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmi tarkibida moliyaviy xizmatlarning ulushi 85,8% ni, sug‘urta xizmatlarining ulushi 6,9% ni va yordamchi moliyaviy xizmatlarning ulushi 7,3% ni tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 1755,5 trln so‘mni tashkil etdi va 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,3% ga o‘sdi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi ijobiy dinamika bilan bog‘liq. Xususan, uning barcha tarmoqlari tomonidan yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat YAIM umumiy hajmining 95,9 foizini tashkil etdi va 8,3 foizga o‘sdi (YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi - 7,9 foiz punkt). YAIM tarkibida mahsulotlarga sof soliqlar 4,1% ni tashkil etib, 8,4% (YAIM o‘sishiga –0,4 f.p.).