“Phygital Sports Summit Astana 2026” sammiti doirasida qator xalqaro uchrashuvlar
2026-07-30 09:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, Adkham Ikramov Ozarbayjon Respublikasi yoshlar va sport vaziri Farid G‘ayibov va Qozog‘iston Respublikasi turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ozarbayjon tomoni bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma o‘quv-yig‘inlari va musobaqalarni tashkil etish, sport tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Qozog‘iston Respublikasi turizm va sport vaziri Erbol Mirzabosinov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlash, qo‘shma musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish hamda sport federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

