O‘zbekiston va Italiya qurilish sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
2026-07-30 11:55:00 / Yangiliklar

Muloqot avvalida vazir elchini O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi boshlangani bilan tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida qurilish, arxitektura, shaharsozlik hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, xususan, hududlarni barqaror rivojlantirish, zamonaviy urbanistik yechimlarni tatbiq etish, energiya tejamkor va ekologik qurilish texnologiyalaridan foydalanish, binolarning seysmik xavfsizligini oshirish hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlariga e’tibor qaratdilar.
Italiyaning arxitektura va muhandislik sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari ham muloqotning muhim mavzularidan biri bo‘ldi. Shu bilan birga, ikki mamlakatning soha tashkilotlari, ilmiy muassasalari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, mutaxassislar ishtirokida qo‘shma seminarlar tashkil etish hamda amaliy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi aloqalarni izchil davom ettirish, istiqbolli tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish va ularni amaliy loyihalarga aylantirishga kelishib olindi.

